"Sadaqa insonlarni azobdan saqlaydi" - Muftiy Nuriddin hoji Xoliqnazarov muhtojlarga yordam ko‘rsatish mo‘min-musulmonlarning burchlaridan biri ekanligini aytib o'tdi
O’zbekiston Musilmonlar idorasi raisi Muftiy Nuriddin hoji Xoliqnazarov "Muhtojlarga yordam ko‘rsatish – mo‘minlik burchi" mavzusida ma'ruza qildi.
"Ibodatlar har xil bo'ladi. Masalan, badaniy, moliyaviy, ma'naviy ibodatlar bor. Namoz o'qish, tahorat qilish ham alohida ibodat. Lekin iqtisodiy ibodatlar ham bor. Iqtisodiy ibodatlarga zakotlar, sadaqalar kiradi. Ya'ni Alloh taoloning yo'lida, kambag'al g'ariblarga yordam ko'rsatishdir.
Sadaqa so'zi o'zi sadoqat, tasdiqlash degan ma'nolarni beradi. Sadaqa qilishlik bu juda katta savob. Bu bir mo'min-musulmonni ko'ngliga quvonch keltirishdir. Shuning, o'zini Alloh bergan mol-u dunyosini poklashlik ham hisoblanadi", - deya ta'kidladi domla.
Muftiy hazratlarining ta'kidlashicha, biz sadaqa qilsak, xuddiki biron joyimiz kamayib qolayotganday his qilamiz, lekin aslo bunday emas.
"Shayton shunaqa vasvasa qiladi. Shuncha pulni bervorasanmi deydi, 1 millionni bervorasanmi deydi. Ammo o'sha bir mln o'sha kambag'al yetim-yesirni haqqi hisoblanadi. Bu mablag'ni bergan bilan hech qachon odam kamayib qolmaydi. Alloh xohlasa, rizqini ko'paytirib qoladi. O'zidanda ko'p qilib. Sen bir so'm sarflasang, u yetti yuzdan ziyod bo'lib qaytadi. Hech qachon Alloh yo'lida sadaqa qilishdan qo'rqmaslik kerak. Faqatgina riyo bo'lmasligi kerak. Xo'jako'rsinlik bo'lmasligi kerak. Albatta, uni haqiqiy haqdoriga berishi kerak. Bergan pulini minnat qilmasa Alloh albatta o'sha insonga baraka beradi, rizq beradi.
Namoz senga jannat darvozasini ko'rsatsa, Ro'za tutish senga jannat darvozasini ko'rsatsa, Sadaqa seni o'sha jannat darvozasidan ichkariga olib kiradi. Sadaqa insonlarni azobdan saqlaydi. U juda katta savob. Payg'ambarimiz(s.a.v.) yarimta xurmoni bo'lib sadaqa qilsangiz ham do'zaxdan saqlaninglar deganlar. Demak, bizni o'tdan, do'zaxdan saqlaydigan eng katta vosita hisoblanadi", - deydi Muftiy Nuriddin hoji Xoliqnazarov.
"Hech kim u dunyoga mol-u dunyosini olib ketolmaydi, lekin sadaqa qilib o'zidan oldin uni jo'natsa bo'ladi degan ulamolar o'rtasida fikrlar bor. Berganimiz o'sha yerga boradi. Sadaqani faqat boylar qiladi degani emas. Imkoniyati borlar, yarimta xurmo beradimi, hatto yaxshi gap ham sadaqa. Ya'ni musulmonlar bir-biriga doim yaxshilik qilishi kerak. Sadaqani hattoki, o'tib ketgan ota-onamiz nomidan ham qilsak bo'ladi. Juda ko'p isrofgarchiliklar qilamiz-u, lekin sadaqa berishlikdan o'zimizni tiyamiz. Shuni unutmang, kimdirga yaxshilik qilish bu eng katta savobdir", - deya so'zini yakunladi Muftiy hazatlari.
Mavzuga doir
- Muftiy hazrat: Kim bizda isrof yo‘q desa, mahallalarimizda bo‘layotgan to‘ylarga nazar tashlasin
- Muftiy Nuriddin domla: Ayol - umr yo‘ldosh, jannatda ham davom etadigan jufti halol
- "Ona o‘g‘liga yo meni, yo ayolingni tanla deb shart qo‘yishi gunoh" - muftiy oilalar buzilishining oldini olish haqida gapirdi
Alpha version: 0.9.1.19 build 30504 | Инструменты