Huawei 2
“Samarqand shahri — 2024-yilda Hamdo‘stlikning madaniy poytaxti” tadbirlarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi

2-5-aprel kunlari “Samarqand shahri — 2024-yilda Hamdo‘stlikning madaniy poytaxti” tadbirlarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi.

Ochilish marosimida ishtirok etish uchun MDHga a’zo davlatlar – Rossiya, Belarus, Armaniston, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston Respublikalaridan mehmonlarning tashrifi kutilmoqda.

Ushbu tadbirning asosiy maqsadi, MDH davlatlari o'rtasida madaniy almashinuv, xalqlar va millatlar o'rtasida o'zaro do'stlikni mustahkamlashga qaratilgan bo‘lib, mazkur tadbirni tashkil etish orqali O‘zbekiston madaniyati va san'atini keng targ'ib qilish imkoni yaratiladi.

Tadbir davomida MDH Gumanitar hamkorlik davlatlararo fondi ijrochi direktori Anatoliy Iksanov va madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov o‘rtasida ikki tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun: MDH makonida madaniy poytaxtlar loyihasini amalga oshirish 2010-yildan boshlab an’anaga aylangan.

“Hamdo‘stlikning madaniy poytaxtlari” Davlatlararo dasturini tayyorlash va amalga oshirish tashabbusi MDHga a’zo davlatlarning Gumanitar hamkorlik bo‘yicha kengashi va MDHga a’zo davlatlarning Gumanitar hamkorlik davlatlararo fondi tomonidan ilgari surilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga