Samarqand viloyati perinatal markaziga 29-oktyabr kuni Samarqand tumani Xo‘ja Ahror Vali mahallasida yashovchi homilador M.Tohirovani olib kelishgan.
Bo‘lajak ona qabul bo‘limida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, zudlik bilan markazning reanimasiya bo‘limiga yotqizilgan. Unga “Homiladorlik 4-daraja, preeklampsiyaning og‘ir darajasi, surunkali piyelonefritning xuruj davri, rezus manfiy qon, ko‘p suvlilik va anemiyaning og‘ir darajasi” tashxisi qo‘yilgan.
2-noyabr kuni amalga oshirilgan jarrohlik amaliyotida egizaklar tug‘dirib olindi, – deydi Samarqand viloyati perinatal markazi direktori Lola Hamroyeva.
Ulardan ikki nafari qiz bola bo‘lib, biri bo‘yi 42 sm, 1860 gr vazn bilan, ikkinchisi bo‘yi 43 sm, 2060 gr vazn bilan dunyoga keldi. Ikki nafar o‘g‘il chaqaloqning ham bo‘yi 43 sm bo‘lib, biri 2090 gr, ikkinchi esa 1800 gr vazn bilan tug‘ildi.
Jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Og‘ir tug‘uruq jarayonidan so‘ng onaning umumiy ahvoli o‘tkazilgan jarrohlik amaliyotiga mos bo‘lib, u va bolalarining holati Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan nazoratga olindi. Ayni paytda barcha kerakli muolajalar davom ettirilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 12721 | Инструменты