Huawei 1
Samarqandda “Dovut-ota” chegara bojxona postidan noqonuniy pnevmatik qurollar va o‘qlar olib o‘tayotgan shaxs ushlandi

Samarqand viloyati “Dovut-ota” chegara bojxona postidan noqonuniy pnevmatik qurollar va o‘qlar olib o‘tilayotgan shaxs ushlandi. Bu haqda viloyat bojxona boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, “Dovut-ota” chegara bojxona posti orqali Rossiya Federatsiyasidan kirib kelgan kurerlik jo‘natmalari bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganida yo‘lovchi tomonidan 1 dona 4.5 mm pnevmatik to‘pponcha, 2 dona gazballon, 1 dona tozalash uchun mo‘ljallangan anjom, 2 dona o‘qdon va 700 dona pnevmatik qurol uchun o‘qlarni hech qanday hujjatlarsiz olib kelinayotgani aniqlangan.

Bundan tashqari, qo‘shni davlatdan mamlakatga kirib kelgan fuqaroning qo‘l yuklaridan 1 dona gazballonli to‘pponcha, 11 dona gazballon, 1 dona o‘qdon, 1 dona pnevmatik to‘pponcha uchun g‘ilof va 2000 dona pnevmatik to‘pponcha uchun temir sharikli o‘qlar borligi ma’lum bo‘lgan.

Shuningdek, transport vositasining oldi tomonidagi o‘rindiqlar orasiga vazni salkam 3 kg bo‘lgan ov miltig‘i o‘qining kapsulalarini xufiyona tarzda yashirib olib o‘tishga urinish holatlari fosh etilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100320 | Инструменты