Huawei 1
Samarqandda fuqarolarni $24 000 ga AQSHga yuborayotgan firibgar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Payariq tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Tekshiruv davomida fuqaro X.K. fuqarolar Sh.Z. va B.R.ning ishonchiga kirib, ularni AQSHga ishga yuborishini vaʼda qilib, har biridan 12 000 AQSH dollaridan jami 24 000 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan. Bundan tashqari, ushbu pullar hisobidan 4 000 AQSH dollarining qaytarilishi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Ushbu holat yuzasidan JKning 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100510 | Инструменты