Samarqand viloyati, Pastdargʻom tumani, “Nayman” MFYda yashovchi Gʻ.X. oʻziga qarashli issiqxonaga hech qanday hujjatsiz tijorat maqsadida 20 dona qoʻlbola usulda yasalgan isitish uskunalarini oʻzboshimchalik bilan oʻrnatib, jami 688,9 mln soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan.
Shu kabi, “Qozoq-Nayman” mahallasida yashovchi X.Sh. oʻziga tegishli issiqxonada qoʻlbola usulda yasalgan isitish uskunalarini oʻrnatib, 329,6 mln soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 111717 | Инструменты