Farg'ona viloyati Qo‘shtepa tumanida 1994-yilda tug‘ilgan haydovchi o‘zining Lacetti avtomobilida kelayotgan vaqtida boshqaruvni yo‘qotib qo‘ygan. Oqibatda 57 yoshli fuqaroga urilib, uning darvozasigacha to‘qnashgan.
Piyoda olgan og‘ir tan jarohatlari sabab voqea joyida vafot etgan.
Farg‘ona viloyati IIB YHXB Matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, holat yuzasidan JKning 266- moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122119 | Инструменты