Huawei 1
Samarqandda tabiatga 10 milliard so‘mdan ortiq zarar yetkazildi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Ekologik nazorat inspeksiyasi tomonidan noqonuniy qum-shag‘al qazib olishga qarshi reyd tadbirlari davom ettirilmoqda.

Samarqandda o‘tkazilgan reyd davomida ham tabiatga katta miqdorda zarar yetkazilgan qonunbuzarlik holatlari aniqlandi. Pastdargʻom tumani hududida bir guruh fuqarolar tomonidan tungi  soat 03:00 da noqonuniy ravishda qum-shag‘al qazib olinayotganligi aniqlandi. 

Natijada tabiatga 10 milliard 369 million 513 ming 728 so‘m zarar yetkazilgan.

Holat yuzasidan barcha hujjatlar rasmiylashtirilib, 1 dona “DOOSAN 210” rusumli ekskavator va 1 ta yuk tashuvchi transport vositasi jarima maydoniga joylashtirildi.

Yuqoridagi holatlar yuzasidan to‘plangan hujjatlar tegishli chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza qilish organlariga yuborildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 32023 | Инструменты