Huawei 1
Samarqandda YTH oqibatida 14 yoshli qiz vafot etdi

M-39 avtomobil yo‘lining Samarqand tumani hududidan o‘tgan qismida «VAZ-2107» va «Spark» avtomobillari ishtirokidagi YTHda bir nafar fuqaro halok bo‘ldi, deya xabar bermoqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi.

Viloyat IIB YHXB bergan rasmiy ma’lumotga ko‘ra, «VAZ-2107» avtomobili haydovchisi yo‘lda qayrilish mumkin bo‘lmagan joydan qayrilmoqchi bo‘lgan. Shu paytda «Spark» avtomashinasining yo‘liga chiqib ketgan va u bilan to‘qnashgan. Oqibatda «Jiguli» haydovchisining 2010 yilda tug‘ilgan qizi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Biroq shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan muolajalarga qaramasdan jabrlanuvchi vafot etgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91707 | Инструменты