Huawei 1
Samarqanddagi tungi klub oldida ommaviy mushtlashuv sodir bo‘ldi

Samarqand viloyati IIB matbuot kotibi Samarqand shahridagi tungi klub oldida sodir bo‘lgan ommaviy mushtlashuv voqeasi yuzasidan ma’lumot berdi

7-avgust kuni fuqaro E.B. o‘zining tanishi bilan Samarqand shahrida joylashgan "Bassiane" nomli tungi klubga dam olish maqsadida kirmoqchi bo‘lgan. Biroq klubda qo‘riqchi bo‘lib ishlovchi R.M. ularni klubga kiritmasligini aytib, turli nojo‘ya so‘zlar bilan haqorat qilgan va bir guruh sheriklari bilan yigitlarni urib, tan jarohati yetkazgandi. holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani bo‘yicha xabar berilgandi.

Ijtimoiy tarmoqlarda mazkur tungi klubi oldida ommaviy mushtlashuv sodir bo‘lgani tasvirlangan videolar tarqalmoqda. Video ostidagi izohlarda "ishni bosdi-bosdi" qilishmoqchi ekani haqida yozilgan.

IIB vakiliga ko‘ra, ushbu holat va jinoyat ishi viloyat Ichki ishlar boshqarmasi nazoratiga olingan.

"Samarqand viloyati IIB shuni ma’lum qiladiki, sodir etilgan har qanday jinoyat va huquqbuzarliklar uchun qonun ustuvorligi, jazoning muqarrarligi ta’minlanadi", — deyiladi munosabatda.

Eslatib o'tamiz, bundan oldin Qashqadaryoda maktab direktori va o‘qituvchi mushtlashgani haqida xabar bergan edik

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 13108 | Инструменты