Huawei 1
Sanepidqo‘mita Marburg gemorragik isitmasidan ogohlantirmoqda

Marburg gemorragik isitmasi kontagioz gemorragik isitmalar turiga mansub bo‘lib, ushbu infeksiyadan o‘lim darajasi yuqori va 90 foizga teng. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotini maʼlumotiga ko‘ra, Afrikaning Ruanda davlatida Marburg gemorragik isitmasi qayd etilgan.

Marburg isitmasining manbai ko‘rshapalaklar hisoblanib, ulardan kasallik sog‘lom odamlarga yuqishi mumkin, infeksiyaga chalingan bemorlardan ajraladigan biologik suyuqliklar (qon, tupik, peshob) bilan bevosita aloqa qilish, shuningdek, turli jismlar yuzalari orqali ham faol tarqalishi mumkin.

Kasallik belgilari to‘satdan boshlanadi va bemorda yuqori tana harorati, kuchli bosh og‘rig‘i, bezovtalik, mushaklarda og‘riqlar kuchayib, ularni tez-tez tortishib turishi hamda, diareya, ko‘ngil aynishi va qayt qilish holatlari kuzatilishi mumkin. Kasallikning beshinchi kunida ko‘krak, orqa va qorin bo‘shlig‘ida qontalash toshmalar paydo bo‘lishi mumkin.

Sanepidqo‘mitaning xabar berishicha, aholi o‘rtasida Marburg gemorragik isitmasi kasalligining oldini olish bo‘yicha quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirilishi talab etiladi:

Gemorragik isitma kasalligiga gumon qilingan bemorlar aniqlanganda uni o‘z vaqtida alohidalab, zudlik bilan tibbiyot xodimlarga murojaat qilish;

- gumon qilingan bemorlarning qoniga tegmaslik, ajratilgan tana suyuqliklari, shuningdek, ifloslangan yuzalar bilan muloqatda bo‘lmaslik;

- agar biror kishi yaqinda G‘arbiy yoki Markaziy Afrikadan qaytgan bo‘lsa yoki ushbu hududlardan kelgan sayyoh bilan yaqin aloqada bo‘lsa va tana haroratining keskin ko‘tarilishi, bosh og‘rig‘i, ko‘ngli aynishi va qusish, ich ketish yoki toshmalar bo‘lsa, darhol “Tez yordam” guruhini chaqirish kerak;

- shifokorlarga oxirgi uch hafta ichida odam Marburg gemorragik isitmasi tabiiy o‘choqlarida bo‘lganligi haqida xabar berishingiz kerak.

Agar ushbu hududlarga tashrif buyurish zruriyati tug‘ilsa, quyidagi profilaktika choralariga rioya qilish kerak:

- kasallangan odamlar bilan aloqa qilmaslik;

- Afrikada yashaydigan yovvoyi hayvonlarda ehtiyot bo‘lish;

- mahalliy hayvonlarning xom pishirilgan go‘shtini isteʼmol qilmaslik;

- kasallikning asimptomatik tashuvchisi bo‘lgan ko‘rshapalaklar yashaydigan g‘orlarga bormaslik (ekzotik turizm).

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100819 | Инструменты