Huawei 1
Sanitar tozalash sohasida koʻrsatilgan xizmatlar uchun aholining debitor qarzdorlik miqdori 585 mlrd so'mga yetdi

Ma’lumotlarga ko’ra, sanitar tozalash sohasida koʻrsatilgan xizmatlar uchun aholining debitor qarzdorligi keskin oshib, respublika miqiyosida jami 585 mlrd soʻm miqdoriga yetdi. Aholida toʻlov intizomi darajasining pastligi xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlarning moliyaviy koʻrsatkichlariga ham salbiy taʼsir koʻrsatmoqda. 

Shuning uchun “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning qisqa raqami orqali fuqarolarga SMS xabarnomalar yuborilishi boshlandi. Xabarda chiqindi toʻlovlaridan qarzdorligi mavjud boʻlgan abonentlarga qarzdorlik qoplanmaguniga qadar elektr energiyasi uchun toʻlovni cheklash tizimi joriy etilayotganligi haqida ma’lumot berilgan.

Maʼlum boʻlishicha, fuqarolarimiz orasida maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlovlarni toʻlashdan bosh tortish yoki kechiktirish holatlari koʻplab uchramoqda. Bunda ular tomonidan xonadondan chiqindi chiqmasligi, chiqindilar yoqib yuborilishi yoki yerga koʻmilishi kabi sabablar ko’rsatilgan. Ma’lumot o’rnida shu yilning 4-yanvar sanasida Prezidentning “Chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish va ularning ekologik vaziyatga salbiy taʼsirini kamaytirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoni qabul qilingan.

Ma’lumot uchun, yuborilgan SMS xabarnomalardagi qarzdorlik miqdori boʻyicha fuqarolarda eʼtirozlar mavjud boʻlsa, “1205” qisqa raqamiga ogʻzagi ariza qoldirlari mumkin.


Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101815 | Инструменты