Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonga boradi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan 2-3-noyabr kunlari Turkiy davlatlar tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Ostona shahrida bo‘ladi.

Sammit kun tartibidan tashkilot doirasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikni, eng avvalo, savdo-iqtisodiyot, investitsiya, transport-kommunikatsiya, ekologiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda yanada rivojlantirish masalalari o‘rin olgan.

Delegatsiyalar rahbarlari xalqaro siyosat va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan ham fikr almashadilar.

Tadbirlar yakunida qator qo‘shma hujjatlar qabul qilinishi ko‘zda tutilgan.

Ta’kidlash joizki, joriy yilda Turkiy davlatlar tashkilotiga O‘zbekiston Respublikasi raislik qilmoqda. Ko‘p qirrali hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga qaratilgan 100 dan ortiq muhim tadbir o‘tkazildi.

Tashkilotga O‘zbekiston Respublikasi, Ozarbayjon Respublikasi. Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iz Respublikasi va Turkiya Respublikasi a’zo, Vengriya va Turkmaniston tashkilotda kuzatuvchilardilar. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70418 | Инструменты