Huawei 1
Shavkat Mirziyoyev Qosim-Jo‘mart To‘qayev bilan birga Abilxon Kasteyev nomidagi milliy sanʼat muzeyiga tashrif buyurdi (foto)

Prezident Shavkat Mirziyoyev Olmaota shahriga tashrifning madaniy dasturi doirasida Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev bilan birgalikda Abilxon Kasteyev nomidagi milliy sanʼat muzeyiga tashrif buyurdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.Foto: Prezident matbuot xizmati

Xalq rassomlari — qozoq tasviriy sanʼati asoschisi Abilxon Kasteyev va o‘zbek rangtasvir ustasi O‘rol Tansiqboyev asarlari tomosha qilindi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Ko‘rgazma O‘zbekiston va Qozog‘iston boy badiiy merosining yorqin ifodasi, ikki qardosh xalq o‘rtasidagi mustahkam madaniy aloqalarning ramzi bo‘ldi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Davlat rahbarlari sanʼat sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish, shu jumladan, qo‘shma tadbirlar o‘tkazish, madaniy muloqotni rivojlantirishga xizmat qiladigan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash muhimligini taʼkidladi.
Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 40106 | Инструменты