25-fevral kuni O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi, Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir Bahodir Iso vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi xabar berdi.
Bahodir Iso 1956-yilda Farg‘ona viloyati Rishton tumanidagi Do‘tir qishlog‘ida tug‘ilgan. 1977-yilda Farg‘ona pedagogika institutini tugatgan. Biroq faoliyatini asosan adabiyotga, sanʼatga bog‘lagan.
Uning sheʼrlari, dostonlari O‘zbekistonning barcha matbuotlarida, kollektiv to‘plamlarda chop etilgan. U 1988-yilda nashr etilgan «Xayrli tun» sheʼriy to‘plami bilan muxlislarga yaxshi tanishdir.
UzReport.news tahririyati marhumning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur hamdarlik bildiradi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 22514 | Инструменты