Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sirdaryo viloyat boshqarmasi tomonidan “O’zsanoatqurilishbank” ATB Sirdaryo mintaqaviy filialining murojaatiga asosan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda kredit mablag‘larini o‘zlashtirgan MCHJ aniqlandi.
Ma'lum bo'lishicha, “O’.SH.” MCHJ mas’ul shaxslari va boshqalar o‘zaro til biriktirib, MCHJga ajratilgan 10 mlrd so‘m kredit mablag‘lari evaziga turar joy binosini qurmasdan, ta’minotchi korxonalardan xarid qilingan qurilish mollarini naqd pulga sotib yuborib, ushbu mablag‘larni o‘zlashtirgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 110717 | Инструменты