Sirdaryoda 2 yoshli bola bog‘chada ovqat tiqilib qolishi oqibatida vafot etdi. Bu haqda Uzreport.news manbasiga Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma'lum qildi.
Qayd etilishicha, Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani IIB navbatchilik qismining xabariga ko‘ra, joriy yilning 7-avgust kuni soat 11:10 larda “Yo‘ldoshobod” MFYda joylashgan YATT oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyalanuvchisi 2022-yilda tug‘ilgan I.S. to‘satdan vafot etgan.
Sudga oid tibbiyot ekspertizasining dastlabki maʼlumotiga ko‘ra, I.S.ning o‘limiga nafas yo‘llarining ovqat massasi bilan berkilishi natijasidagi mexanik asfiksiya sabab bo‘lganligi aniqlangan.
Holat yuzasidan Mirzaobod tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122211 | Инструменты