Huawei 1
Sirdaryoda Nexia-3 va chiqindi tashuvchi transport vositasi to‘qnashdi

2025-yil 13-mart kuni soat 10:00lar atrofida Sirdaryo viloyati, Mirzaobod tumani hududidan o‘tuvchi xalqaro ahamiyatdagi M-34 avtomobil yo‘lining 137-kilometrida, "Yangiyer-Guliston" yo‘nalishida "Nexia-3" rusumli yengil avtomobil hamda chiqindi tashishga mo‘ljallangan "Isuzu" rusumli maxsus transport vositasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Ayni vaqtda hodisa joyida YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv va o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

"Barcha haydovchilardan Yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya etgan holda, yo‘llarda ehtiyotkorlik bilan harakatlanishlarini so‘raymiz", deyiladi xabarda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 31411 | Инструменты