Huawei 1
Soliq qarzdorligini hisobdan chiqariladigan holatlar ro‘yxati kengaytirilmoqda

Soliq qoʻmitasining “Undirilishi umidsiz deb e’tirof etilgan soliq qarzini hisobdan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

Jismoniy shaхsning mol-mulkini sotish tartib-taomilini tamomlash toʻgʻrisidagi sud ajrimi soliq qarzini undirilishi umidsiz deb e’tirof etish uchun asos boʻladi. Bundan quyidagi holatlar mustasno: 

– sud ajrimida majburiyatlardan ozod etish qoidasi qoʻllanilmasligi koʻrsatilgan holatlar;

–  toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ish tamomlanganidan keyin sud tomonidan qarzdor jismoniy shaхsni majburiyatlardan ozod etish haqidagi qoida qoʻllanilmasligi toʻgʻrisida ajrim chiqarilgan holatlar.

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 18.07.2024 yildan kuchga kirdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91623 | Инструменты