Soliq qo‘mitasi markaziy apparatida 2025-yilning yanvar-fevral oylarida elektron hujjat aylanish tizimi orqali ro‘yxatga olingan murojaatlar soni 10 455 tani tashkil etdi.
Shundan:
- elektron – 9 471 ta (90,6%);
- ogʻzaki – 526 ta (5%);
- yozma – 458 ta (4,4%).
Kelib tushgan murojaatlar bo‘yicha yetakchi hududlar:
- Toshkent shahri – 3 312 ta (31,7%);
- Toshkent viloyati – 955 ta (9,1%);
- Farg'ona viloyati – 873 ta (8,4%).
Alpha version: 0.9.1.19 build 31021 | Инструменты