Jumladan, nufuzli musobaqada hamyurtimiz Anvar Klevleyev bittadan oltin va kumush medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, terma jamoamizning yana bir a’zosi Pavel Eygel 1 ta oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Bugun mazkur xalqaro turnirda jamoaviy bellashuvlar o‘tkaziladi.
Qayd etish lozim, musobaqada dunyoning 17 davlatidan kelgan sportchilar ishtirok etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Tailandda slalomda eshkak eshish bo‘yicha U-18 va U-23 yosh toifasidagi Osiyo chempionati 11–12 mart kunlari tashkil etiladi. Unda Asilbek Ernazarov, Ibrohim Nazirjonov, Mustafo Matiboyev, Muhammadrizo Mo‘ydinov, Samandar Saydullayev, Doniyor Islomov, Sherzod Qurbonaliyev, Anvar Klevleyev va Pavel Eigel kabi sportchilarimiz turli yo‘nalishlarda g‘oliblik da’vosida bahslarga kirishadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 31017 | Инструменты