Huawei 1
KXDR Sariq dengiz tomonga ballistik raketa uchirdi

10 mart kuni KXDR Sariq dengiz tomonga bir necha ballistik raketa uchirdi. Bu haqda “Yonhap” agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, shu kunning o‘zida AQSH va Janubiy Koreya ham “Freedom Shield” deb nomlangan keng ko‘lamli harbiy mashg‘ulotlarni boshlagan. KXDR Tashqi ishlar vazirligi ushbu mashg‘ulotlarni “tahdidli urush repetitsiyasi” deb atab, ular Koreya yarimorolidagi vaziyatni taranglashtirayotganini ta’kidlagan.

Pxenyan mazkur mashg‘ulotlar AQSH xavfsizligiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatishini bildirdi va bunga javoban mintaqada tinchlikni mustahkamlash bo‘yicha harakatlarini kuchaytirishini e’lon qildi.

Janubiy Koreya Qurolli kuchlarining Bosh shtab qo‘mondonligi ma’lumotiga ko‘ra, raketa uchirilishi mahalliy vaqt bilan soat 13:50 da KXDRning ichki hududida joylashgan Xvanxe provinsiyasida qayd etilgan. Ammo hozircha qo‘shimcha ma’lumot berilmagan. Bosh shtab qo‘mondonligi AQSH bilan yaqin hamkorlikda vaziyatni kuzatib borayotgani va to‘liq harbiy tayyorgarlikni saqlab turganini ma’lum qilgan.

“Yonhap” agentligiga ko‘ra, bu AQSH Prezidenti Donald Tramp 20 yanvar kuni lavozimga kirishganidan keyingi KXDRning ilk ballistik raketa sinovi hisoblanadi. Oxirgi marta 26 fevral kuni Pxenyan qanotli raketalarni uchirgan edi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 31017 | Инструменты