Huawei 1
Soliq qo‘mitasiga jami 874,9 mlrd so‘mlik 211 ta soliq nizosiga oid shikoyat kelib tushgan

2024-yil 1-dekabr holatiga Soliq qo‘mitasiga jami 874,9 mlrd so‘mlik 211 ta soliq nizosiga oid shikoyat kelib tushgan.

Shundan:

— soliq auditi bo‘yicha - 598,3 mlrd so‘mlik 135 ta;
— sayyor soliq tekshiruvi bo‘yicha - 276,6 mlrd so‘mlik 76 ta.

Natijada:

— 92,2 mlrd so‘mlik 25 ta murojaatda (shundan, 19 tasi 69 mlrd so‘mlik qisman) soliq to‘lovchining pozitsiyasi qanoatlantirilgan;
— 669,3 mlrd so‘mlik 175 ta murojaat bo‘yicha soliq xizmati organlari qarorlari o‘z kuchida qoldirildi va bu haqda belgilangan tartibda tushuntirishlar berilgan;
— 113,4 mlrd so‘mlik 11 ta murojaat bo‘yicha o‘rganish davom etmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122317 | Инструменты