Huawei 1
SSV tibbiyot sohasidagi korrupsion holatlar bo‘yicha xabar berishni so‘radi

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi fuqarolarni tibbiyot sohasidagi korrupsion holatlar bo‘yicha xabar berishga chaqirdi.

Vazirlik matbuot xizmatining bildirishicha, SSV tomonidan tibbiyot tizimida korrupsiyaga qarshi keskin va murosasiz kurashish, turli byurokratik va inson omili bilan bog‘liq to‘siqlarga barham berishga qaratilgan qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, vazirlik qoshida manfaatlar to‘qnashuvi va korrupsiya holatlari bo‘yicha tezkor xabar berish, xato-kamchiliklarning o‘z vaqtida oldini olish va ularni bartaraf etish maqsadida respublika bo‘yicha yagona 1203 raqamli ishonch telefoni faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

“Agar sog‘liqni saqlash tizimida korrupsiya bilan bog‘liq holatlarga duch kelsangiz, 71 241-10-65 yoki 1203 qisqa raqamli ishonch telefoniga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin”, deyiladi xabarda.

Murojaatlar ish kunlari soat 08:00 dan 20:00 ga qadar qabul qilinadi va ma’lumotlarning sir saqlanishi to‘liq kafolatlanadi.

Bundan tashqari, fuqarolar o‘z murojaatlarini quyidagi platformalar orqali ham yo‘llashi mumkin:

  • vazirlikning yangi ishga tushirilgan rasmiy Telegram boti;
  • vazirlik qoshida kun-u tun faoliyat olib boruvchi 1003 qisqa raqamli Call-markaz;
  • vazirlikning info@ssv.uz elektron pochta manzili.

Xabarda ta’kidlanishicha, Sog‘liqni saqlash vazirligi har qanday korrupsion holatga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘ladi va fuqarolarning hech bir murojaati e’tibordan chetda qolmaydi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101619 | Инструменты