Huawei 1
Statistika agentligi sohalar kesimidagi o‘rtacha oyliklarni ma’lum qildi

2024 yilning yakunida O‘zbekistondagi o‘rtacha oylik nominal ish haqi 5 mln 357 ming so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 17,4 foizni tashkil qilgan. Bu haqda Statistika agentligi ma’lum qildi.Hududlar kesimida o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori miqdori Toshkent shahri (9 mln 72 ming), Navoiy (6 mln 766 ming) va Toshkent viloyatida (5 mln 98 ming) qayd etilgan.

Eng kam maoshlar esa Qashqadaryo (3 mln 785 ming), Surxondaryo (3 mln 810 ming) va Namangan (3 mln 869 ming) viloyatlarida kuzatilgan.Hisobot davrida faqatgina ikkita ma’muriy hududda – Toshkent shahri va Navoiy viloyatida nominal ish haqining darajasi respublikadagi o‘rtacha darajadan yuqori bo‘lib, qolgan barcha hududlarda bu ko‘rsatkich respublika darajasidan turli miqdorda past shakllangan.O‘tgan yilda hududlar bo‘yicha o‘rtacha oylik nominal ish haqining eng yuqori o‘sish sur’atlari Toshkent shahrida (21,4 foiz), Samarqand (17,6 foiz), Sirdaryo (16,7 foiz), Namangan (16,5 foiz) hamda Farg‘ona (15,1 foiz) viloyatlarida kuzatilgan.

2024 yilda o‘rtacha oylik ish haqini hisoblashda 3 mln 138 ming xodimning ma’lumotlaridan foydalanilgan. Shundan 37,8 foizi ta’lim, 18,1 foizi sanoat, 16,7 foizi sog‘liqni saqlash sohasi vakillari hissasiga to‘g‘ri kelgan.2024 yil yakunlari bo‘yicha sohalar kesimida eng yuqori o‘rtacha oylik ish haqi miqdori:

  • bank, sug‘urta, lizing, kredit va vositachilik faoliyatida – 15,3 million so‘m;
  • axborot va aloqa sohasida –13,1 mln so‘m;
  • tashish va saqlash sohasida – 8,1 mln so‘m;
  • sanoat sohasida – 6,4 mln so‘m;
  • savdo sohasida – 6,2 mln so‘m;
  • qurilish sohasida – 5,9 mln so‘m;
  • yashash va ovqatlanish xizmatlari sohasida – 4,6 mln so‘m;
  • san’at, ko‘ngil ochish va dam olish sohasida – 4,3 mln so‘m;
  • ta’lim sohasida – 3,6 mln so‘m;
  • sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida – 3,4 mln so‘m.

Eslatib o'tamiz, yanvar oyi boshida, O‘zbekiston eng kam ish haqi miqdori bo‘yicha 154 ta mamlakat orasida 111-o‘rinni egallagani xabar qilingan edi. Markaziy Osiyo mamlakatlaridan Qirg‘iziston yiliga 162, soatiga esa 0,08 dollar bilan 148-o‘rindan joy olgan. Tojikiston yiliga 265, soatiga 0,13 dollar bilan 143-o‘rinni egallagan. Mintaqada eng yaxshi natijani Qozog‘iston qayd etgan. U yerda eng kam ish haqi yiliga 1 972, soatiga 0,95 dollarga teng.

Mavzuga oid:

O‘zbekistonda 9 oy ichida aholining o‘rtacha ish haqi 16,4 foizga oshdi

Davlat madaniyat muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi oshiriladi

O‘zbekiston hukumati 2025-yilda 200 mingdan ortiq fuqaroni ish haqi yuqori bo‘lgan mamlakatlarga ishga joylashtirishni rejalashtirmoqda

Maqola muallifi: Malika Norboyeva

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 13102 | Инструменты