Huawei 1
Surxondaryoda chaqalog‘ini sotmoqchi bo‘lgan ayol 3 yilga qamaldi

Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida o‘z bolasini sotmoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olindi

Xabar qilinishicha, olti nafar farzandning 36 yoshli onasi yetti kunlik chaqaloqni sotish orqali pul ishlashga uringan.

Huquq-tartibot idoralari xodimlari ayol kishini 62 mln so‘mni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga oldi.

Sud fuqaroni Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi “a” bandi (O‘n sakkiz yoshga to‘lmaganligi aybdorga ayon bo‘lgan shaxsga nisbatan sodir etilgan odam savdosi) bilan aybdor deb topib, 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinladi.

Eslatib o'tamiz, bundan oldin Navoiyda ayol yangi tug‘ilgan chaqalog‘ini 10 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgani haqida xabar bergan edik.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 31205 | Инструменты