Surxondaryoda YPX xodimi tez yordam avtomobilini sababsiz o'tkazmadi. Holatga YHXBB izoh berdi
Ijtimoiy tarmoqda "Yo‘l-patrul xizmati xodimi tez tibbiy yordam avtomobilini sababsiz o‘tkazmagani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan IIV YHXBB ma'lumot berdi.
Ma'lum qilinishicha, joriy yilning 15-17 iyun kunlari Surxondaryo viloyatida "Yoshlar festivali" o‘tkazilganligi munosabati bilan YPX xodimlari xizmatga jalb etilib, ayrim ko‘chalarda transport vositalari harakati cheklangan.
Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan, YPX xodimi Termiz shahar, Navbahor ko‘chasida tez tibbiy yordam avtomobilini o‘tkazmaganligi aks etgan holat ushbu tadbir vaqtida sodir bo‘lgan.
Hozirda holat yuzasidan Surxondaryo viloyati IIB YHXB mas’ullari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 110511 | Инструменты