Qozog‘istonliklar Livandan evakuatsiya qilindi, deb xabar bermoqda Tengrinews.kz TIV matbuot xizmatiga tayanib.
Xabar qilinishicha, Yaqin Sharqdagi vaziyatning keskinlashuvi munosabati bilan Prezident Qosim-Jomart To'qayev topshirig‘iga binoan, shuningdek, Qozog‘istonning tegishli davlat organlari ko‘magida Qozog‘iston fuqarolari va ularning oila a’zolari evakuatsiya qilingan.
“Ushbu operatsiya Istanbul va Dubay shaharlari orqali amalga oshirildi, natijada 2024-yil 17-oktabrdan 31-oktabrga qadar 41 kishi Bayrutdan Ostona va Olmaota shahriga eson-omon qaytdi”, deyiladi xabarda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 110513 | Инструменты