Toshkent shahrida kabel o‘tkazish maqsadida qazilgan 2,5 metrli chuqurlikka fuqaro tushib ketdi, deya xabar qildi FVV axborot xizmati.
Hodisa 3 noyabr kuni soat 19:14 da Toshkent shahri Yakkasaroy tumani Bobur ko‘chasida sodir bo‘lgan. Vazirlik fuqaro chuqurga o‘z ehtiyotsizligi oqibatida tushib ketganini bildirgan.
Qutqaruvchilar maxsus qutqaruv asbob-anjomlari yordamida fuqaroni chuqurlikdan chiqarib olgan va tez tibbiy yordam xodimlariga topshirilgan. Hozirda fuqaroning ahvoli yaxshi, deyiladi xabarda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 110513 | Инструменты