Huawei 1
Tadqiqot: Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin

Odatda jarrohlik amaliyotidan so‘ng teridagi kesmalarning o‘rni bitishi uchun bir necha hafta va kundalik tibbiy parvarish talab etiladi.

Xitoylik olimlar bu jarayonni tezlashtirish ustida ilmiy izlanish olib bordi. Yakunda elektrlashtirilgan iplardan foydalanish operatsiyadan keyingi choklar o‘rni tuzalishini jadallashtirishi maʼlum bo‘ldi. 

Tajribalar shuni ko‘rsatdiki, kuchsiz elektr toki to‘qimalarning yangilanishiga yordam beradi.

Buning uchun tadqiqotchilar organizm tomonidan zararsiz ravishda so‘riladigan va biologik parchalanuvchi polimerlar hamda magniydan tarkib topgan maxsus iplarni ishlab chiqdi. 

Operatsiya qilingan soha atrofidagi mushaklar va boshqa to‘qimalar harakatlanganda, chokning o‘rta qatlami tashqi qoplamaga ishqalanib, elektronlar o‘tkazadi. Hosil bo‘lgan 2,3 voltga teng elektr toki kesmaning bitishiga yordam beradi.

Bu usul jarohat o‘rni tuzalishini 50 foizga tezlashtirishi aniqlandi. Qolaversa, elektr toki dezinfeksiyalash vositalarisiz ham kesilgan joydagi bakteriyalar ko‘payishiga to‘siq bo‘ladi.

Hozircha yangi texnologiya jonivorlarda tajribadan o‘tkazildi va ijobiy  natijaga erishildi. Navbatdagi klinik sinovlardan so‘ng mazkur usul tibbiy amaliyotda qo‘llanilishi mumkin.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101619 | Инструменты