Huawei 1
Taniqli boshlovchi Nilufar Sotiboldiyevani haqoratlagan shaxs jinoiy javobgarlikka tortildi

Shaxslarni ijtimoiy tarmoqlar orqali turli ko’rinishda haqoratlash, bu orqali ularning qadr-qimmatiga putur yetkazish jinoiy javobgarlikka sabab bo’ladi. Taniqli boshlovchi, suxandon Nilufar Sotiboldiyevani Instagram'dagi kommentlar orqali haqorat qilgan, qo’pol so’z ishlatib, so’kkan shaxsga nisbatan hukm o’qildi. Bu haqda sud jarayonida ishtirok etgan Uzreport TV muxbiri xabar qildi.

Gap shundaki 2024-yil 30-iyun sanasida jabrlanuvchi Nilufar Sotiboldiyeva dam olish maskanida qizi bilan tasvirga olingan videoni Instagram sahifasiga joylaydi. 1997-yilda tug’ilgan asli Navoiy viloyati Karmana tumanida istiqomat qiluvchi shaxs mazkur video tagida haqoratli so’z yozilgan izohni qoldiradi. So’ngra Nilufar Sotiboldiyeva uni ya'ni haqoratlagan shaxning rasmini joylab ijtimoiy tarmoqda chiqish qiladi. Ayblanuvchi shaxs uzr so’rash o’rniga Nilufar Sotiboldiyevadan videoni o’chirishni, yo’qsa uning rasmlarini montaj qilib tarqatishini aytib tahdid qiladi. Oqibatda Nilufar Sotiboldiyeva ayblanuvchini qonun hukmiga havola qildi.

Ayblanuvchi shaxs Jinoyat kodeksining 168-modda 3-bandi bilan 26-avgustdan buyon Karmana tumanida hibsda ushlab turilganligi va sud ishi yakunlanmaganligi uchun bugungi sudda "online" tartibda ishtirok etdi. Uning so’zlariga ko’ra, u bu haqoratli gapni o’zi bilmagan holda, jahli chiqqani uchun yozgan.

Jabrlanuvchi aybdorning o’z vaqtida uzr so’ramagani uchun o’zaro kelishish va sud zalidayoq yarashib olishni rad etdi. Unga qonun doirasida chora ko’rilishi, ma’naviy va moddiy zarar undirilishini talab qildi.

O'zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 462-453-465-468-471-473-moddalariga amal qilib, sud hukm qildi. Sudlanuvchi Jinoyat Kodeksining 140-moddasi 2-qismi bilan aybdor deb topildi. Unga ish haqining 10 foizini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda 1 yil muddatga ahloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.

Eslatib o’tamiz, shaxlarni obro’sizlantirish maqsadida haqoratlar, nojo’ya gap gapirish, shantaj va tuxmat qonunchilik doirasida javobgarlikka sabab bo’ladi. Bu borada jazo muqarrirligini esa bugungi sud ishi isbotladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 12808 | Инструменты