Huawei 1
Tanzila Narbayeva Kanadaning O‘zbekistondagi yangi elchisi Kristofer Duggan bilan uchrashdi

2025-yilning 20-fevral kuni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Kanadaning O‘zbekistondagi yangi elchisi Kristofer Duggan bilan uchrashdi.

Suhbat avvalida mamlakatimiz yuqori palatasi rahbari diplomatni vazifasiga kirishishi bilan qutlab, uning O‘zbekiston va Kanada o‘rtasidagi munosabatlarni yangi bosqichda rivojlantirishiga ishonch bildirdi.

Taʼkidlanganidek, hozirgi vaqtda O‘zbekiston Markaziy Osiyo va dunyoning nufuzli davlatlari bilan faol-ochiqlik tamoyillariga mos tashqi siyosat olib bormoqda. Prezident Sh. Mirziyoyevning xalqaro miqyosdagi pragmatik siyosati tufayli mamlakatning jahon maydonidagi yaqin hamkorlari soni ortib bormoqda va nufuzi yuksalmoqda.

O‘zbekiston-Kanada hamkorligi yo‘lga qo‘yilganidan buyon o‘zaro munosabatlarda bir qator ijobiy natijalar qo‘lga kiritilib, savdo-iqtisodiy hamkorlik rivoj topmoqda.  Bugungi kunda ikki davlat o‘rtasida 40 dan ziyod qo‘shma loyihalar  mavjud. Ularning 10 tasi Kanada ulushiga to‘g‘ri keladi.

Lekin hali ro‘yobga chiqmagan katta salohiyat va imkoniyatlar ham bor. Taʼkidlanganidek, ular ishga solinsa, ikki davlat o‘rtasida ko‘pqirrali munosabatlarni yana-da rivojlanadi. Investitsiya, fan-taʼlim, turizm kabi yo‘nalishlar shular jumlasidandir.

Xususan, aholisi qaryib 38 millionga yetayotgan O‘zbekistonda har yili 600 ming yoshlar mehnat bozoriga kirib kelmoqda. Kanadada ham ish kuchidan samarali foydalanish muhim sanaladi. Shu bois yoshlarni mehnatga jalb qilishda ham o‘zaro tajriba almashish joriy etilsa, o‘zaro munosabatlarni yangi bosqichda rivojlantirish mumkin bo‘ladi, – dedi Senat Raisi.

Shuningdek, suhbat davomida ikki davlatning birodarlashgan shaharlari o‘rtasida do‘stlik rishtalarini yanada mustahkamlash, investitsiya kiritish orqali savdo-iqtisodiy hamkorlikda yuqori natijalarga erishish imkoniyatlariga urg‘u berildi. Bugun dunyo ahlini o‘ylantirayotgan yashil olamni asrashda birlashish lozimligi taʼkidlandi.

Tomonlar parlamentlararo aloqalarni hamkorlik bo‘yicha do‘stlik guruhlari faolligini oshirgan holda izchil davom ettirish muhimligiga eʼtibor qaratdi. Bunda aniq maqsadli rejalar ishlab chiqib, qonunchilik, inson huquq va manfaatlari yo‘lida birgalikda ish olib borishdan tomonlar manfaatdor ekani qayd etildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22205 | Инструменты