Huawei 1
Taqiqlangan ma’ruzani ijtimoiy tarmoqda ulashgan qiz qamaldi

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan 2019-2024 yillarda internet jahon tarmog‘idagi diniy ekstremistik, terroristik va aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan, deb topilgan hamda O‘zbekiston Respublikasining hududiga olib kirish, tayyorlash, saqlash, tarqatish va namoyish etilishi taqiqlangan manbalar va kontent (material)lar ro‘yxati eʼlon qilingan. Ayni paytda ushbu ro‘yxat Oliy sud rasmiy veb-sayti ochiq maʼlumotlar bazasidan mavjud.

Ushbu ro‘yxatga ko‘ra, “Meta (Facebook)” ijtimoiy tarmog‘idagi 150, “Telegram” messenjerida 500 dan ziyod, “Instagram” ijtimoiy tarmog‘ida 150, “YouTube” videoxostingida 100 dan ortiq, yana boshqa manbalarda o‘nlab shunday taqiqlangan manbalar mavjud. 

Lekin, dinga mukkasidan ketib, duch kelgan diniy xabarni ulashib yuboradiganlar oramizda hamon uchrab turibdi. Xususan Muxlisa ismli qiz “Instagram” ijtimoiy tarmog‘ida diniy maʼruzani tarqatish ortidan sudlandi. Chunki u taqiqlangan kontentga tegishli postni ulashgan edi.

Ayni paytda bu qiz Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi Ayollar koloniyasida jazo muddatini o‘tamoqda. 

– Internet orqali diniy mazmundagi maʼruzalarni eshitar edim, - deydi mahkuma. – Internet saytlaridan biridagi diniy videomaʼruzani “Instagram” ijtimoiy tarmog‘i orqali tarqatganman. Bu bizda maʼruzalari taqiqlangan domlalardan biri ekan. Shu sababli, jinoiy javobgarlikka tortildim va 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildim. Bu yerda ikki yilga yaqin vaqt davomida qilgan xatolarimdan to‘g‘ri xulosa chiqardim. O‘zim stomatologiya sohasida ishlar edim. Bu yerdan chiqib, o‘z kasbim bilan shug‘ullanib, halol mehnat qilishni, ota-onamga xizmat qilishni rejalashtiryapman. Chunki ularni juda qiynab qo‘ydim...

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101619 | Инструменты