Huawei 1
Toshkent aeroportida ayol kishi vafot etgani haqidagi xabarlar rad etildi

Joriy yilning 7-oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 17:34 da Toshkent xalqaro aeroporti tibbiyot punktiga yo‘lovchining uchib kelish zalida o‘zini yomon his qilayotgani haqida xabar kelib tushgan. HY-334 Dubay – Toshkent reysi bilan kelgan 1986-yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi pasport nazoratidan o‘tgach darhol yordam so‘ragan. Yo‘lovchi bosh og‘rig‘i va o‘zini yomon his qilayotganidan shikoyat qilgan.

Yo‘lovchi shikoyatlari va u bilan birga uchib kelgan shaxslarning so‘zlarini inobatga olgan holda aeroport tibbiyot punkti xodimlari birinchi tibbiy yordam ko‘rsatib, kasalxonaga yotqizish uchun shahar tez yordam xizmatini chaqirishgan.

Soat 18:32 da tez yordam mashinasi yo‘lovchini Toshkent aeroportining uchib kelish zalidan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga olib ketgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100819 | Инструменты