Huawei 1
"Toshkent — Chirchiq — Xojikent" yo'nalishi bo'yicha yangi tezyurar elektropoyezdlar qatnovi yo'lga qo'yildi

Joriy yilning 24 sentabr kunidan boshlab yo'lga sarflanadigan vaqtni 1 soatga qisqartirish maqsadida "Toshkent — Chirchiq — Xojikent" tezyurar shaharlararo elektropoyezdlar qatnovi joriy etildi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, bir kun avval shu maqsadlarda yangi temir yo‘l o‘tkazgichlar qurilishi nihoyasiga yetkazildi, uchastkadagi temir yo‘l izlari ta’mirlandi, temir-beton tayanchlar yangilandi.

Elektropoyezd haftaning har shanba va yakshanba kunlari harakatlanadi. Jadval ishlab chiqish natijasida "Toshkent — Chirchiq" oralig'idagi elektropoyezdning harakatlanish vaqti 45 daqiqaga, "Chirchiq — Xojikent" oralig'ida 15 daqiqaga qisqardi va yo'lga sarflanadigan umumiy vaqt 1 soat 40 daqiqani tashkil etdi.

Poyezdlar Toshkent janubiy vokzalidan va Xojikent bekatidan quyidagi jadval asosida harakatlanadi:

  • 6429-sonli Toshkent 07:10 — Xojikent  08:53
  • 6430-sonli Xojikent 09:18 — Toshkent  11:00
  • 6435-sonli Toshkent 13:38 — Xojikent  15:19
  • 6436-sonli Xojikent 15:44 — Toshkent  17:26
Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 111407 | Инструменты