Huawei 1
Toshkent kanallari va suv omborlaridagi suv sifati o'rganildi

O‘zgidromet mutaxassislari Toshkent kanallari va suv omborlaridagi suv sifatini o‘rgandi.  

2024-yil 23-iyuldagi olingan namunalarga ko‘ra, Toshkentdagi Bo‘zsuv, Anxor, Bo‘rijar, Salar va Qorasuv kanallaridagi suv sifati III sinf - o‘rtacha ifloslanganligi aniqlandi.

Shu bilan birga, Chorvoq suv omborida suv sifati II sinf - tozaligi hamda Tuyabo‘g‘iz suv omborida suv sifati III sinf - o‘rtacha ifloslanganligi aniqlandi.  

Quyida ushbu kanallar va suv omborlar bo'yicha ma'lumot keltirilgan: 

- Bo‘zsuv kanali – Teleminora hududi. Mis bo‘yicha – 2,1 REM, fenol bo‘yicha – 5,0 REM va biogen moddalar bo‘yicha (BPK5) 1,8 REM konsentratsiyalarning oshishi qayd etilgan. Kislorod tartibi qoniqarli, eritilgan kislorodning konsentratsiyasi 11,59 mgO2/l ni tashkil etdi. Suv sifati III sinf-o‘rtacha ifloslangan suvlar, SII-1,69.

- Anxor kanali – Kichik xalqa yo‘lidan quyida. Mis bo‘yicha – 1,9 REM, fenol bo‘yicha – 4,0 REM va biogen moddalar bo‘yicha (BPK5) 1,7 REM konsentratsiyalarning oshishi qayd etilgan.  Kislorod tartibi qoniqarli, eritilgan kislorodning konsentratsiyasi 11,41 mgO2/l ni tashkil etdi.  Suv sifati III sinf-o‘rtacha ifloslangan suvlar, SII-1,48.

- Bo‘rijar kanali- Magic sity bog‘i hududi. Mis bo‘yicha – 1,5 REM, fenol bo‘yicha – 3,0 REM va biogen moddalar bo‘yicha (BPK5) 1,8 REM konsentratsiyalarning oshishi qayd etilgan.  Kislorod tartibi qoniqarli bo‘ldi, eritilgan kislorodning konsentratsiyasi 11,74 mgO2/l ni tashkil etdi.   Suv sifati III sinf-o‘rtacha ifloslangan suvlar (SII-1,24).

- Salar kanali – Ekoparkdan quyida. Mis bo‘yicha – 4,7 REM, fenol bo‘yicha – 6,0 REM va biogen moddalar bo‘yicha (BPK5) 1,6 REM konsentratsiyalarning oshishi qayd etilgan. Kislorod tartibi qoniqarli bo‘ldi, eritilgan kislorodning konsentratsiyasi 10,87 mgO2/l ni tashkil etdi. Suv sifati III sinf-o‘rtacha ifloslangan suvlar, SII-2,36.

- Qorasuv kanali – Furqat parki xududi. Mis bo‘yicha – 2,1 REM, fenol bo‘yicha – 6,0 REM, xrom VI bo‘yicha – 1,1 REM va biogen moddalar bo‘yicha (BPK5) 1,8 REM konsentratsiyalarning oshishi qayd etilgan. Kislorod tartibi qoniqarli bo‘ldi, eritilgan kislorodning konsentratsiyasi 11,62 mgO2/l ni tashkil etdi. Suv sifati III sinf-o‘rtacha ifloslangan suvlar, SII-2,02.

-  Chorvoq suv ombori – Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida joylashgan. Fenol bo‘yicha-3,0 REM konsentratsiyalarning oshishi qayd etilgan. Kislorod tartibi qoniqarli bo‘ldi, eritilgan kislorodning konsentratsiyasi 10,75 mgO2/l ni tashkil etdi. Suv sifati toza suvlar -  II sinf, SII-0,95.

-  Tuyabo‘g‘iz suv ombori – Toshkent viloyatidagi Ohangoron daryosi o‘rta oqimidagi  gidrotexnik inshoat. Mis bo‘yicha-1,9 REM, fenol bo‘yicha-4,0 REM konsentratsiyalarning oshishi qayd etilgan. Kislorod tartibi qoniqarli bo‘ldi, eritilgan kislorodning konsentratsiyasi 10,11 mgO2/l ni tashkil etdi. Suv sifati III sinf-o‘rtacha ifloslangan suvlar, SII-1,43.

O‘tgan haftaga bilan solishtirilganda Qorasuv kanali, Salar kanali, Tuyabo‘g‘iz  va Chorvoq suv omboridagi suv sifati muhim o‘zgarishlarga duch kelmadi, Bo‘zsuv, Anxor va Burjar kanallari bundan mustasno, bu yerda suv sifati biroz yomonlashdi, SII bo‘yicha toza suvlarning II-sinfidan - o‘rtacha ifloslangan suvlarning III-sinfiga o‘tdi.  

O‘tkazilgan tahlil natijalariga ko‘ra Toshkent shahri va Toshkent viloyati kanallari va suv omborlaridan olingan suv kimyoviy tahlil ko‘rsatkichlari bo‘yicha o‘rtacha ifloslangan suvlarga to‘g‘ri keladi,  Chorvoq suv ombori bundan mustasno bu yerda suv sifati toza suvlar.

Ma’lumot uchun, Suv ifloslanish indeksi (SII) yer usti suvlari sifatini kompleks baholash uchun ishlatiladi. Bu nafaqat turli suv havzalaridagi suv sifatini solishtirish, balki suv sifatining vaqtinchalik va fazoviy dinamikasini baholash imkonini beradi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91623 | Инструменты