Toshkent shahar hokimi v.b. Shavkat Umurzoqov hokimlik binosi xarajatlari, kommunal, internet to‘lovlari va boshqalar uchun 7 mlrd 349 mln 756,4 ming so‘m mablag‘ ajratdi. Bu haqdagi tegishli qaror hokim tomonidan imzolangan.
Qaror ilovasida ko‘rsatilgan xarajatlar smetasiga ko‘ra, xizmat avtomobillariga yoqilg‘i quyish uchun 690 mln so‘m, ularga texnik xizmat ko‘rsatish uchun 150 mln so‘m ajratiladi. Shuningdek, majlis zallari uchun gilam xarid qilishga 100 mln so‘m beriladi, maxsus VIP uchun mebellar jamlanmasiga 150 mln so‘m, liftlarga xizmat ko‘rsatish 62 mln, ularni ko‘rikdan o‘tkazishga esa 4 mln so‘m ajratilishi ko‘zda tutilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 110718 | Инструменты