Ushbu holatni tuman hokimining o'zi nazoratiga oldi
Bugun, 11-avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar Yakkasaroy tumanidagi Shota Rustaveli koʻchasida yo'lni rekonstruksiya qilish jarayonida daraxtlarning ildiziga zarar yetkazilganligi haqida maʼlumot tarqaldi. Bloger Nikita Makarenkoning yozishicha, bu yo'l qurilishini qilayotgan "Discovery Invest" kompaniyasi 4 ta yirik (ulardan biri kasal) va 7 ta kichik daraxtning ildiz tizimiga zarar yetkazgan. Bu holat esa iyun oyida sodir bo'lgan. Lekin ularga nisbatan hech qanday jinoyat ishi ochilmagan.
Ushbu izohlardan keyin tuman hokimligi ushbu holat bo'yicha rasmiy munosabat berdi.
Unga ko'ra, holat boʻyicha bugun Toshkent shahar Yakkasaroy tuman hokimi Anvar Sayfutdinov, Ekologiya davlat qoʻmitasi, tuman ekologiya boʻlimi, masʼul tashkilot rahbarlari ishtirokida fuqarolar, jurnalist, blogerlar bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Holat tuman hokimining shaxsan nazoratiga olinganligini, masʼullarga daraxtlar tagiga kerakli ozuqa tuproqlari solinib, tuman obodonlashtirish va tuman ekologiya boʻlimiga nazoratga olish boʻyicha aniq topshiriqlar berib oʻtildi.
Shuningdek, bloger Nikita Makarenko o'z sahifasida quyidagilarni aytib o'tgan:
"Yakkasaroy tumani hokimi Anvar Sayfutdinov jarayonni nazoratga oldi. Endi bu loyiha Ekologiya davlat qoʻmitasining qatʼiy nazorati ostida amalga oshiriladi. Ular buni e'tiborsiz qoldirganliklarini tan olishdi. Davlat ekologiya qo‘mitasi bayonot berib, pudratchi nomini aytishga va’da bermoqda".
Eslatib o'tamiz, bundan oldin Toshkentda daraxtlarning tagi betonlab ketilgani, Farg'onada "elektroset" xodimlari 50 yillik daraxtlarni kesib, tabiatga 856 mln so'm zarar yetkazgani aniqlangani, Chilonzor ko'chasini rekonstruksiya qilish jarayonida 101 tup daraxtlarning ildiziga zarar yetkazilgani hamda shu sabab Chilonzor tumani hokimi va prokurori lavozimidan ozod etilgani haqida xabar bergan edik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 50308 | Инструменты