Huawei 1
Toshkent shahri Bosh rejasining bir qismi 2022-yil oxirigacha yakunlanadi

"ToshkentboshplanLiti" direktor o‘rinbosari Saidazim Sharipov poytaxt Bosh rejasining bir qismi 2022 yil oxirigacha yakunlanishini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, bugungi kunda ushbu korxona tomonidan Toshkent shahri Bosh rejasi konsepsiyasi 3D formatda tayyorlanmoqda. Uni yaratish ustida Turkiya kompaniya mutaxassislari ish olib bormoqda. Ayni paytda Toshkent shahrining belgilangan chegarasining ichidagi barcha hududlar loyihasi ishlab chiqilmoqda.

Mutasaddining ta’kidlashicha, Bosh rejada, nafaqat Toshkent shahridagi, balki poytaxt atrofidagi hududlarning ham rivojlanishi nazarda tutilib, taxminan 44 ming gektar yer ajratilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122317 | Инструменты