Huawei 1
Toshkent shahri hokimligi daraxtlar qulashi xavfi sabab fuqarolarni ogohlikka chaqirdi

26-fevral kuni yog‘gan kuchli qordan so‘ng Toshkent shahri hokimligi poytaxt aholisini daraxtlar qulashi xavfi sabab ogohlikka chaqirdi.

Qayd etilishicha, qorning namligi va og‘irligi tufayli daraxtlar va yengil qurilmalar qulashi mumkin. hokimlik yo‘laklarda ehtiyot bo‘lishni, tepa va atrofdagi muhitga diqqatli bo‘lishga chaqiradi

“Gaz bosimi o‘zgarishlarini e’tibordan chetda qoldirmang! Is gazidan zaharlanishning oldini olish uchun xavfsizlik choralariga rioya qiling. Yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy amal qiling”, — deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, shahar bo‘ylab obodonlashtirish bo‘limlari va boshqaruv servis kompaniyalarining xodimlari qorlarni tozalash va uning oqibatlarini bartaraf etish ishlarini davom ettirmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22619 | Инструменты