Huawei 1
Toshkent shahrida avtobusda voyaga yetmagan bolaga tegajog'lik qilgan shaxs ushlandi

Toshkent shahrida avtobusda voyaga yetmagan bolaga tegajog'lik qilingani haqida xabar bergan edik

Ushbu  holat bo‘yicha fuqaro X. Gʻ ga nisbatan Chilonzor tumani IIO FMB Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 129-moddasi ("O‘n olti yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan uyasiz-buzuq harakatlar qilish") bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Gumon qilinuvchi X. Gʻ protsessual tartibda ushlangan.

Dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

Ma'lumot o'rnida, Jinoyat Kodeksining 129-moddasi. O‘n olti yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish 1-qismi bo'yicha - 2 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish
2-qismi bo'yicha -3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 20817 | Инструменты