Huawei 1
Toshkent shahrida “mayning ferma” tashkil etgan shaxs aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chilonzor tuman bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda tumandagi 19-mavze hududidagi xonadonda yashovchi F.O. o‘z uyining yerto‘lasida 5 dona to‘plamdagi mayning kripto-aktivlari qurilmalarini tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘g‘rilik yo‘li bilan ulab, davlat va jamiyat manfaatlariga 680,7 mln so‘m zarar yetkazganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 110717 | Инструменты