Huawei 1
Toshkent shahrida Qurbon hayiti kuni 15 ta avtobus yo’nalishi harakati bir muddatga o'zgartiriladi

2024-yilning 16-iyun kuni poytaxtdagi 121 ta masjidda Qurbon hayit namozi o‘qilishi kutilmoqda.  

Hayit namozini yuqori saviyada va tartibli o‘tkazish, fuqarolarga zarur shart-sharoit yaratish va ularning xavfsizligini ta’minlash maqsadida, 16-iyun kuni soat 00:00 dan 07:00 ga qadar poytaxtning ayrim ko‘chalari va yo‘llarida avtotransport vositalarining harakati to‘liq cheklanishi haqida xabar bergan edik

Shu munosabat bilan, ushbu ko’chalar orqali harakatlanuvchi 8T, 20, 27, 35, 46, 53, 73, 91, 146, 42, 43, 109, 65, 118 va 120-sonli avtobus yo’nalishlarining harakati vaqtincha chizmada ko’rsatilgan ko’chalar orqali tashkil etilishini ma’lum qilindi. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga