Huawei 2
Toshkent shahridagi 2 qavatli do'konlarning birida yong'in sodir bo'ldi

27-mart kuni soat 06:50da Toshkent shahar Uchtepa tumani, Kichik xalqa aylanma yo’li ko‘chasida joylashgan 2-qavatli binolarda birida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.

Shunga ko‘ra, 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga soat 06:57 da yetib borib, yong‘in soat 07:20 da o‘rab olingan va soat 07:23da yong'in o‘chirilgan.

Sodir bo‘lgan yong‘in natijasida 2-qavatli binolarda birida  taxminan 100 kv.m. maydonda tom qismi  yonib zararlangan.
Hodisa oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q.

Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga