Huawei 1
Toshkent shahridagi omborxonada kuchli yong‘in kelib chiqdi

Bugun, 24-avgust kuni soat 09:41da Toshkent shahar, Yangihayot tumani, “Yangi Darxon” MFY Yangi Darxon ko‘chasida joylashgan ishlab chiqarish sexlarining biri omborxonasida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.

Shunga ko‘ra yong‘in-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga soat 09:48 da yetib borib, yong‘in qurshab olingan va bartaraf etish ishlari amalga oshirilmoqda.  

Yong‘in natijasida tan jarohati olgan va vafot etgan fuqarolar to‘g‘risida xabar kelib tushmadi. Vaziyat to‘liq nazoratga olingan.

Hodisa joyiga Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari-Shtab boshlig‘i polkovnik S.Zuparov va Toshkent shahar FVB rahbariyati hamda xodimlari, hamkorlikdagi xizmatlar yetib borgan.

Yong‘in yuzasidan qo‘shimcha ma'lumot taqdim etiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91805 | Инструменты