Huawei 1
Toshkent – Shahrisabz – Toshkent yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yildi

Shahrisabz aeroporti yo‘lovchi reyslarini qabul qilishni boshladi, deya xabar berdi Transport vazirligi.

Qayd etilishicha, Shahrisabz aerodromi hududida mavjud yo‘lovchi terminal binosi rekonstruksiya qilindi, uchish-qo‘nish va burilish yo‘lagi kapital ta’mirlanib, infratuzilma obyektlari, muhandislik kommunikatsiya tarmoqlari, meteorologik parvozlarni radiotexnik ta’minlash uskunalarini rekonstruksiya qilindi.

11-sentyabr kuni Toshkent – Shahrisabz – Toshkent yo‘nalishida Silk-avia aviakompaniyasi L-410  havo kemasida muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ydi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91721 | Инструменты