Huawei 1
Toshkent tumanida ko‘p qavatli uyning ostki qismidagi betonga shikast yetkazgan fuqaroga chora ko‘rildi

Toshkent tumanida ko‘p qavatli uyning ostki qismidagi betonga shikast yetkazib, yerto‘laga o‘zboshimchalik bilan eshik ochgan fuqaroga qonuniy tartibda chora ko‘rildi. Bu haqda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi xabar qildi.

Toshkent viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida Toshkent tumani Keles yo‘li ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uyda mulkdor tomonidan o‘zboshimchalik bilan yerto‘laga eshik ochish maqsadida qazish ishlari olib borilgani, shu bilan birga asosiy yuk ko‘taruvchi beton konstruksiyalar buzilib, eshik va oynalar uchun joy ochilganligi aniqlandi.Mazkur holat yuzasidan inspeksiya xodimlari tomonidan mulkdorga jarima choralari qo‘llanildi hamda barcha ishlarni dastlabki holatiga qaytarish bo‘yicha bajarilishi shart bo‘lgan yozma ko‘rsatmalar berildi. "Agar ushbu holatlar belgilangan muddatda bartaraf etilmasa, majburiy tartibda tiklash choralari ko‘riladi". deyiladi xabarda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 21119 | Инструменты