Huawei 1
Toshkent va uning atrofida 2030-yildan boshlab yoqilg‘i sifatida mazutdan foydalanish taqiqlanadi

“Chang bo'ronlariga qarshi kurashish va atmosfera havosi sifatini yaxshilash bo'yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-338-son, 24.09.2024 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko'ra, Markaziy Osiyo davlatlari bilan muhokama qilgan holda Yashil Markaziy Osiyo fondi va Markaziy Osiyo iqlim masalalari markazini tashkil etishning konseptual asoslari ishlab chiqiladi.

2030-yildan Toshkent shahar va unga tutash Toshkent viloyatining hududlarida joylashgan isitish va elektr energiya ishlab chiqarish korxonalariga yoqilg'i sifatida mazutdan foydalanish taqiqlanadi.

Toshkent shahriga tutash tumanlardagi 1,2 mingdan ortiq issiqxonalarda foydalanilayotgan ko'mir yoqilg'isining atrof-muhitga salbiy ta'sirini kamaytirish maqsadida chang-gaz tozalash uskunalari o'rnatiladi hamda bunday uskunalarni o'rnatish uchun issiqxona xo'jaliklariga subsidiya ajratish mexanizmi joriy qilinadi.

2025–2030-yillarda Toshkent shahar va unga tutash Toshkent viloyatining hududlaridagi jami 441 gektar yer maydonlarida “yashil belbog'” va “yashil bog'lar” tashkil qilinadi.

2028-yildan “Yevro – 4” standartidan past ekologik toifadagi motor yoqilg'isidan foydalanish va sotish bosqichma-bosqich cheklanadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92520 | Инструменты