Huawei 1
Toshkent viloyatida 40 ta mikro gidroelektr stansiya quriladi

Shahar va tumanlar hududidagi qishloq xo'jaligiga mo'ljallanmagan davlat zaxirasidagi 40 ta nuqtada jami 6,59 gektar yer maydoni Energetika vazirligiga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratib berildi.

Ushbu ajratib berilgan nuqtalarda mikro gidroelektr stansiyalarni qurish uchun tashabbuskorlarni aniqlash maqsadida yer maydonlari auksion savdoga chiqariladi.

Mikro gidroelektr stansiyalar Piskent, Ohangaron, Bekobod, Yuqori Chirchiq, Bo'stonliq, Qibray, Chinoz, Bo'ka, Yangiyo'l, Zangiota tumanlari va Angren, Olmaliq, Bekobod, Chirchiq shaharlarida quriladi.

Ma'lumot uchun, bundan avval viloyatda 43 ta mikroGES qurilishi uchun yer maydonlari ajratish to'g'risida viloyat hokimining tegishli qarori imzolangan edi. 

Aytish mumkin, 264 ta nuqtada mazkur inshootlarni qurish uchun aniq hududlar belgilab olingan bo'lsa, shu kunga qadar, 102 ta hududda kichik GESlar qurilishi uchun yer maydonlari ajratilgan, hozirda qurilish ishlari boshlangan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 82708 | Инструменты