Huawei 1
Toshkent viloyatida 5 yoshli qizchaga tegajog‘lik qilgan erkakka jinoyat ishi qo'zg'atildi

Toshkent viloyatida erkak 5 yoshli qizchaga tegajog‘lik qilgani aytilmoqda. Bu haqda “Nemolchi.uz” loyihasida maʼlum qilindi.

Qizaloqning onasi “Nemolchi” loyihasiga murojaat qilgan va uning farzandiga nisbatan jinoyat sodir etilganini aytgan. 

Onaning so‘zlariga ko‘ra, ichki ishlar organlari vaziyatga jiddiy munosabat bildirmagan.

“Bu voqea 11-iyun kuni kechki soat 19:00 larda sodir bo‘ldi, bu paytda qorong‘i tusha boshlagan edi, qizcham katta opasi bilan ro‘parada yashaydigan bolalar bilan o‘ynashga ketdi. Mahallada hammamiz bir-birimizni yaxshi bilamiz, shuning uchun hovlining darvozalari deyarli doim ochiq.

Taxminan 19:00 larda men bolalarni uyga chaqirishga chiqdim. Darvozaga yaqinlashib, hovliga yugurib kirayotgan qizimni ko‘rdim. U yig‘lab, Shavkat ismli yoshi katta odam uni quchoqlab, shilqimlik qilganini qayta-qayta takrorladi. Avvaliga men hayratda qoldim va u aynan nima qilganini so‘ray boshladim. Eshitganlarim meni shokka tushirdi.

Hovlidan yugurib chiqib, shu qo‘shninikiga bordim. U mast edi, hamma narsani rad etdi, qizimni o‘pganini va bola uni tamoman noto‘g‘ri tushunganini aytdi. U bilan gaplashishdan foyda yo‘qligini tushunib, erim bilan ichki ishlar bo‘limiga bordim. Ular mahalla nozirini chaqirishdi, men ariza yozmoqchi edim, lekin u arizani qabul qilmadi. Men shok holatida edim, erim bu qo‘shniga nisbatan nimadir qilib qo‘yishidan qo‘rqdim.

Stress tufayli nima qilishni bilmay qoldim. Mahalla noziri arizani baribir qabul qilmadi. Shundan so‘ng men shahar prokuraturasiga ariza yozdim. Ariza topshirilganiga 6 kun bo‘ldi. Lekin bu odam hali ham ozodlikda yuribdi. U ko‘chada bizning uyimiz yonidan o‘tadi (bu qo‘shnining uyi biznikiga yaqin). Endi hovlimizning eshigin ochishga, uydan chiqishga qo'rqyapman. Men qizlarimdan xavotirdaman", - deyiladi murojaatda. 

Bosh prokuraturaning xabar berishicha, 5 yoshli qizchaga shilqimlik qilgan erkakka nisbatan Jinoyat kodeksining 129-moddasi (o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Nurafshon IIB profilaktika inspektori xatti-harakatlariga huquqiy baho berish maqsadida xizmat tekshiruvi tayinlangan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102303 | Инструменты